Enersok Logo
Careers Banner Enersok

BIZ KIM

About Enersok

O'zbekistonda yangi elektr stansiyasi

“Enersok” XK MChJ 2022 yilda EDF (Fransiya), Nebras Power (Qatar), Sojitz Corporation va Kyuden International (Yaponiya) kompaniyalaridan iborat strategik konsorsium orqali tashkil etilgan. Mazkur konsorsium O‘zbekistonning Sirdaryo viloyatida quvvati 1,6 GVt bo‘lgan gaz elektr stansiyasini qurish va undan foydalanish bo‘yicha davlat-xususiy sheriklik asosida 2022-yil fevral oyida rasman imzolangan shartnomani tuzdi.

“Enersok” XK MChJning asosiy maqsadi elektr stansiyasini qurish, uni boshqarish va texnik xizmat ko‘rsatishdan iboratdir. Tijoraviy faoliyat 2026-yilda boshlanishi kutilmoqda. Ishlab chiqarilgan elektr energiyasi 25 yillik elektr energiyasini sotib olish shartnomasi (PPA) boʻyicha “OʻzEnergosotish” davlat AJga sotiladi.

Elektr stansiya O‘zbekistondagi eng yirik energiya ishlab chiqarish inshootlaridan biri bo‘lib, mamlakatning sanoat sohalari hamda aholining energiyaga o‘sib borayotgan talablarini qondirishga sezilarli hissa qo‘shadi. Ushbu loyiha O‘zbekiston energetika infratuzilmasini mustahkamlash, uzoq muddatli barqarorlikni qo‘llab-quvvatlash va iqtisodiy taraqqiyotni rag‘batlantirishda muhim rol o‘ynaydi.

Bizning Konseptsiya

AFs1 Enersok

ISHONCHLI VA SAMARALI AKTİV QURISH VA FOYDALANISH VA O‘ZBEKISTON ENERGIYA SOHASINI REFORMASIDA AKTIV BO’LISH

Screenshot 2025-03-04 155046.jpg

Bizning Maqsadimiz

AFs1 Enersok

TIJORAVIY FAOLIYATNI O'Z VAQTIDA, XAVFSIZ, BUDJETGA MUVOFIQ VA YUQORI ISHLAB CHIQARISH KO’RSATKICHLARI BILAN BOSHLASH!

Banner2 Eneksok

Yuridik ma'lumotlar

Ro'yxatdan o'tgan nomi"Enersok" XK MCHJ
Ro'yxatdan o'tgan manzil Toshkent shahri, Mirobod tumani Farovon MFY, Afrosiyob kuchasi, 8a-uy
Tashkil etilgan sana09.02.2022
Xodimlar soni (martda)21
Asosiy FaoliyatIssiqlik elektr stаntsiyalаri tomonidаn elektr energiyasi ishlаb chiqаrish
Bosh DirektorREGIS CHANCEL